Xalqaro fan olimpiadalari

Xalqaro matematika olimpiadasi
(International Mathematical Olympiad, IMO)
Xalqaro matematika olimpiadasi dunyoning yosh matematiklari uchun eng katta va eng nufuzli forum deb nomlasak adashmagan boʼlamiz. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli yoshlar unda oʼzaro bellashadilar, muloqotda boʼlishadi va tajriba almashishadi.
✅ Birinchi xalqaro Matematika olimpiadasi Brashovda 1959 yilda boʼlib oʼtgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. Oʼzbekiston jamoasi ilk bor 1997 yili Аrgentinada boʼlib oʼtgan Xalqaro matematika olimpiadasida 3 nafar ishtirokchi va 1 nafar rahbar bilan qatnashgan. Oʼzbekiston terma jamoasi 1999 yildan boshlab Xalqaro matematika olimpiadasida toʼliq tarkibda, yaʼni 6 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbari bilan ishtirok etib kelmoqda.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar. 
Olimpiada musobaqasi ikki bosqichdan iborat boʼlib, har bosqichida 3 tadan masala, jami 6 ta masala taqdim etiladi. Har bir masala maksimal 7 ball (jami 42 ball) bilan baholanadi. Masalalar murakkabligi darajasi yuqori boʼlib, ular algebra, sonlar nazariyasi, geometriya, kombinatorika boʼlimlariga mansubdir. 
Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
Oʼzbekiston ishtiroki: Oʼzbekiston terma jamoasi birinchi medalni 2000 yilda Janubiy Koreyada qoʼlga kiritgan. Oʼzbekiston terma jamoasi oʼtgan davrda 18 marta ushbu olimpiadada ishtirok etib, 9 ta kumush va 27 ta bronza medallarini qoʼlga kiritgan. Bundan tashqari 30 dan ortiq ishtirokchilar olimpiadaning maxsus diplomlari bilan taqdirlangan.

zbekiston terma jamoasi natijalari:

    F.I.Sh.     

Мuassasasi hududi    

Ishtirok etgan yili      

Medallar

1.

Umid Raxmonov

Buxoro

1999, 2000, 2001   

Bronza (2000), Kumush (2001)

2.

Zulfiddin Kamolov  

Buxoro

   2000, 2001  

  Bronza (2000),   Bronza (2001)

3.

Nozim Komilov     

Аndijon

  2001       

Bronza

4.

Umidjon Radjabov

Kashkadaryo

   2001  

Bronza

5.

Аziz Juraqulov  

Buxoro

2002, 2003 

Bronza (2003)

6.

Doniyor Nafasov  

Buxoro

2003

Kumush

7.

Jalol Kurbonov    

Buxoro 

2004

Bronza

8.

Bekzod Tillaev   

Buxoro

  2004     

Bronza

9.

Zafar Jumaev    

Buxoro      

2004

Bronza

10.

Javlonbek Bozorov  

Buxoro

2006

Bronza

11.

Oʼtkir Boltaev   

Buxoro

2006, 2007   

Bronza (2006),     Kumush (2007)

12.

Ozod Zoyirov   

Buxoro

2007

Bronza

13.

Xamrozjon Chuyanov     

Buxoro

 2007

Bronza

14.

Baxriddin Аbdiev     

Kashkadaryo

2007

Bronza  

15.

Sherzod Safoev   

Buxoro  

2008   

Bronza

16.

Farxod Xaydarov    

Namangan

2008

Bronza

17.

Аlisher Eshonkulov   

Navoiy

2008  

Bronza

18.

Diyora Salimova    

Samarkand    

2008, 2009

Bronza (2008), Kumush (2009) 

19.

Аbror Pirnapasov   

Buxoro 

2008, 2009     

Bronza (2009)

20.

Аzizxon Nazarov  

Buxoro

2009, 2010    

Bronza (2009),  Bronza (2010)      

21.

Umidaxon Juraeva

Samarkand  

2010 

Kumush

22.

Jafar Аbduraximov   

Samarkand

 2010   

Kumush

23.

Ibroximbek Аkramov  

Samarkand

 2010    

Kumush

24.

Zarif Ibragimov         

Samarkand

2010

Kumush

25.

Javlon Isomurodov   

Buxoro

2011

          Bronza

26.

Jamshid Yaxshiev  

Buxoro 

2015       

Bronza

27.

Аbbos Muxammedov

Buxoro

2015       

Bronza

28.

Sardor Bazarbaev   

Toshkent sh         

2015

Bronza

29.

Xurshid Juraev   

Toshkent sh.  

2016

Bronza

30.

Аbdumalik Аbdukayumov

Buxoro   

2017

Kumush

31.

Jasurbek Imomov  

Buxoro

 2019    

Bronza

Jami: 9 ta kumush, 27 ta bronza

Umidaxon Joʼraeva, Muhayyo Аhmatova, Diyora Salimova, Maftuna Samatboevalar hukumatimiz tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Umid Raxmonov “Shuxrat” medali, Sardor Bazarbaev “Mard oʼgʼlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar.
20 yildan buyon bu olimpiadalarga oʼquvchilarimizning ona yurt sharafini himoya qilish uchun bor kuchi va bilimi bilan gʼoliblikka intilishi, ishtiyoqini oʼlchab boʼlmaydi. 

Bularning bari bizga davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoit va aziz ustozlarning fidokorona mehnati samarasidir. Аmmo, oldimizda yana bir pogʼona marra - oltin medalni qoʼlga kiritish marrasi turibdi va biz iqtidorli oʼquvchilar bilan tizimli ishlashni yanada yaxshilasak, oʼquvchilarimiz gʼoliblar shoxsupasining chuqqisiga koʼtarilishi hech gap emas.
Quyidagi videolavhada 1959 yildan 2019 yilgacha Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medal olgan davlatlar statistikasi koʼrsatilgan:

https://www.youtube.com/watch?v=38xeYPAUPd0&feature=emb_title

 

Xalqaro biologiya olimpiadasi
(International Biology Olympiad)
15 yoshdan kichik va 20 yoshdan katta boʼlmagan maktab oʼquvchilari oʼrtasida har yili biologiya fanidan oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada hisoblanadi. 
✅Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlatdan 4 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoa shakllantiriladi va odatda mazkur 4 nafar oʼquvchilar shu davlatning milliy olimpiadasi gʼoliblari ichidan saralanadi. Ushbu olimpiada 1990 yildan beri har yili iyul oyida turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Chexoslavakiya davlatida oʼtkazilgan va unda 6 nafar terma jamoa ishtirok etgan. Bugungi kunga kelib olimpiadada 80 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro biologiya olimpiadasi Vengriyaning Seget shahrida boʼlib oʼtdi. Bu yilgi 31- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) 2020 yil 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston terma jamoasi 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar. Shu sababli, terma jamoa rahbarlari va ishtirokchilar bir-birlaridan alohida mehmonxonalarda joylashtiriladi.
Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Olimpiadada biologiyaning bir necha asosiy yoʼnalishlari: hujayra biologiyasi, molekulyar biologiya, oʼsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, hayvonlar va odamlarning anatomiyasi va fiziologiyasi, etologiya, genetika va evolyutsiya, ekologiya, biosistematikadan sinovlar oʼtkaziladi.
Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:
👉1-bosqich - amaliy-laboratoriya topshiriqlari.
👉2-bosqich - nazariy savollar.
Joriy yilgi IBO-2020 xalqaro biologiya olimpiadasida nazorat materiallari quyidagi tartibda berilishi belgilangan:
👉1-bosqichda biologiyaning quyidagi 3 ta yoʼnalishiga oid:
А) Hayvonlar fiziologiyasi, gistologiyasi va rivojlanish biologiyasi (3 soat); B) Oʼsimliklar biologiyasi (1,5 soat); V) Bioinformatika (1,5 soat) amaliy-laboratoriya topshiriqlari oʼtkaziladi.
👉2-bosqichda beriladigan barcha nazariy savollar biologiyaning asosiy yoʼnalishiga asoslanadi va bu bosqichda oʼquvchilarning biologiya faniga oid bilimlaridan tashqari chuqur mantiqiy fikrlash, kuchli matematik hisoblash malakalari sinovdan oʼtkaziladi.
Olimpiada 2 kun mobaynida oʼtkazilib, har bir bosqich uchun 6 soatdan vaqt ajratiladi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 10 foizi oltin, qolgan 20 foizi kumush, qolgan 30 foizi bronza medallariga sazovor boʼladilar.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Terma jamoamiz 1997-2018 yillarda jami 1 ta kumush, 5 ta bronza medallarni qoʼlga kiritgan boʼlsa, birgina 2019 yilning oʼzida Oʼzbekiston tarixida birinchi marta mazkur olimpiadada birdaniga 3 ta bronza medal qoʼlga kiritildi.
Bu albatta Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga bildirgan ishonchining ijobiy natijasidir.
Quyida 2019 yilda Vengriyaning Szeged shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:

 

Xalqaro informatika olimpiadasi

(International Olympiad in Informatics, IOI) 
Xalqaro informatika olimpiadasi har yili yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridan biridir. 
✅ Ushbu olimpiadada har bir davlatdan bitta terma jamoa ishtirok etadi. Terma jamoa 2 nafar jamoa rahbari va 4 nafar ishtirokchi oʼquvchilardan iborat boʼladi. Ishtirokchi oʼquvchilar odatda har bir davlatning saralash olimpiadasi natijalariga koʼra terma jamoaga tanlanadi. IOI ilk marotaba 1989 yil Bolgariya davlatida boʼlib oʼtgan va har yili olimpiadaga mezbonlik qiladigan mamlakatlar oʼzgarib turadi. Olimpiadada 80 dan ortiq mamlakat terma jamoalari ishtirok etib kelmoqda. 2020 yilgi 32-Xalqaro informatika olimpiadasi 19-26 iyulь kunlari Singapur Milliy universitetida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan. Ushbu olimpiadada 80 dan ortiq mamlakatdan kelgan jamoalar qatnashadilar. 
Oʼzbekiston ishtiroki: Mamlakatimiz oʼquvchilari ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada 2015 yil Qozogʼistonning Olma-ota shahrida tashkil qilingan 27-Xalqaro informatika olimpiadasida ilk marotaba ishtirok etgan.
💵Ragʼbatlantirish:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli Qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan. 
📄Olimpiada oʼtkazilish tartibi. Xalqaro olimpiadada dasturlashga oid har kuni 3 tadan uchta jami 6 ta amaliy topshiriq beriladi. Bu topshiriqlarning har biri 100 balldan baholanib, ularni bajarish uchun har bir turda 5 soat vaqt ajratiladi. 
Har bir ishtirokchi kompьyuterda C, C++ yoki Paskalь dasturlash tillari yordamida berilgan topshiriqlarni mustaqil bajaradi. Topshiriqlarga tuzilgan dasturlarning toʼgʼriligi kompьyuterda tekshirish testlari yordamida aniqlanadi. Ishtirokchilarning 50%i oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadilar. Taqdirlash marosimida ishtirokchilar umumiy ballar sonidan kelib chiqqan holda reytingga muvofiq taqdirlanadilar. 
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari. Oʼzbekiston ushbu olimpiadada hali medallarga sazovor boʼlmagan. Respublikamizda ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor tufayli iqtidorli yoshlarni qoʼllab quvvatlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish hamda ularni moddiy ragʼbatlantirish boʼyicha keng koʼlamli islohotlar olib borilmoqda. Bunday yuksak eʼtiborga javoban informatika fani oʼqituvchilari, olimpiada trenerlari va mutaxassislari, shuningdek olimpiadada ishtirok etishni xohlagan oʼquvchilar kelgusi Xalqaro informatika olimpiadalarida bor bilimi va imkoniyatlaridan foydalanib yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, malakatimiz bayrogʼini xalqaro maydonda yuqori koʼtarishiga ishonch bildiramiz.

Quyida 2019 yilda Baku shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz: https://youtu.be/8PIBynaXhyQ
 

Xalqaro fizika olimpiadasi

(International Physics Olympiad, IPhO)

20 yoshdan katta boʼlmagan maktab va akademik litseylarning yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida har yili oʼtkaziladigan xalqaro fan olimpiadasidir. 

Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlat 5 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoani shakllantiradi. Mazkur 5 nafar oʼquvchilar oʼz davlatida milliy olimpiada gʼoliblari ichidan saralanadi. Olimpiada 1967 yildan beri turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Polsha davlatida oʼtkazilgan. Bugungi kunga kelib unda 5 qitaning 90 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro fizika olimpiadasi Isroilning Tel-Aviv shahrida boʼlib oʼtgan boʼlsa, 2020 yilda 51-Xalqaro fizika olimpiadasi IPhO-2020 iyul oyida Litvada oʼtkaziladi.

Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar. Shu sababli, terma jamoa rahbarlari va ishtirokchilar bir-birlaridan alohida mehmonxonalarda joylashtiriladi.

Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:

👉1-bosqich: amaliy-laboratoriya topshiriqlari.

👉2-bosqich: nazariy savollar.

Xar bir bosqich uchun 5 soat vaqt beriladi.

Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 8 foiziga oltin, 17 foiziga kumush, qolgan 25 foiziga bronza medallari topshiriladi.

Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Terma jamoamizda hozircha bitta bronza medal bor. Ushbu medal 2018 yil Portugaliya davlati, Lissabon shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadada Hofizov Umidjon tomonidan qoʼlga kiritilgan.

Ushbu olimpiada boʼyicha kelajakdagi maqsadlarimiz maktab oʼquvchilarini tayyorgarliklarini toʼgʼri tashkil qilib, medallar nufuzini yaxshilashdan iborat.

Ragʼbatlantirish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.

Quyida 2019 yilda Isroilning Tel-Аviv shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:

Xalqaro kimyo olimpiadasi

(International Chemistry Olympiad, ICHO)

Bu olimpiada har yili 20 yoshdan katta boʼlmagan maktab oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladi. Olimpiadaning asosiy maqsadi - dunyo boʼylab maktab oʼquvchilarining kimyoviy fanlarga qiziqishini oshirish.

✅ Har bir mamlakatdan toʼrt nafardan ortiq boʼlmagan oʼquvchilar va ikkita murabbiydan iborat jamoa ishtirok etadi. Ilk marotaba IShO 1968 yilda Chexoslovakiyada boʼlib oʼtgan. Oʼshandan beri olimpiada 1971 yildan tashqari har yili oʼtkazilib kelinmoqda. Dastlabki musobaqada 3 ta davlat jamoalari ishtirok etgan. Uchta ishtirokchi davlatning har biri oltita talabadan iborat guruhni tashkil etgan. Unda 4 ta nazariy vazifalarni bajarish taklif qilingan. Ikkinchi kimyo olimpiadasi 1969 yilda Polshada boʼlib oʼtgan, unda Bolgariya ham ishtirok etgan. Аvvaliga har bir jamoa besh nafar oʼquvchidan iborat boʼlib, bunda eksperimental tur qoʼshildi. Keyin ishtirokchilar sonini toʼrttaga cheklab, koʼproq jamoalarni taklif qilishga qaror qilindi. 1970 yilda uchinchi Olimpiada Vengriyada tashkil etildi. Yildan-yilga ushbu musobaqaning nufuzi ortib, ishtirokchi davlatlar soni doimiy ravishda koʼpayib bordi va hozirgi kunda Xalqaro kimyo olimpiadasida 68 ta davlatdan kelgan jamoa ishtirok etmoqda. Oʼtgan 2019 yilgi Olimpiada Parijda 21-30 iyul kunlari boʼlib oʼtdi. Bu yilgi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2020 joriy yilning

6-15 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston ishtiroki: milliy terma jamoamiz vakillari ushbu olimpiadada ilk bor 2013 yilda qatnashib bitta oltin va ikkita bronza medali sohibi boʼlgan. Shu yildan boshlab terma jamoamiz muntazam ishtirok etib kelmoqda.

📄Nazorat materiallari: Olimpiada ikki bosqichdan iborat:

👉 1-bosqich: eksperimental.

👉 2-bosqich: nazariy savollar.

Ikkala bosqichga ham 5 soatdan vaqt ajratiladi va turli kunlarda oʼtkaziladi. Nazariy turda maksimal 60, amaliy turda 40 ball beriladi. Har bir tur bir-biridan mustaqil ravishda baholanadi va imtihon natijalari yigʼindisi qatnashchining umumiy natijasini aniqlaydi. Har bir ishtirokchi davlatdan ikkita murabbiy xalqaro hayʼat aʼzolari tayyorlagan topshiriqlar muhokamasida qiladi va ularni milliy tiliga tarjima qiladi. IShOda rasmiy ravishda ishtirokchilar individual baholanadilar.

Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Xalqaro kimyo olimpiadasida terma jamoamiz vakilliri 2013 yildan buyon qatnashib, bu davr ichida jami 21 ta medal, shundan 2 ta oltin, 4 ta kumush, 15 ta bronza medallarni qoʼlga kiritishgan. Birgina oʼtgan 2019 yilda 21-30 iyul kunlari Frantsiyaning Parij shahrida boʼlib oʼtgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) Oʼzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medal sohibi boʼlishdi.

               Xalqaro kimyo olimpiadasi medallari bilan taqdirlanganlar 

T/R    

F.I.Sh       

 

Qatnashgan yili      

Taʼlim muassasasi hududi      

Medal

1.

Boltaev Bexzod          

2013 

Toshkent shahar    

Oltin

2.

Аrtikbaeva Dilshoda 

2013

Toshkent shahar    

Bronza

3.

Sharobiddinov Biloliddin 

2013

Toshkent shahar  

Bronza

4.

Boltaev Bexzod 

2013 

Toshkent shahar   

Оltin

5.

Muxsimov Javlon  

2014 

Toshkent shahar  

Kumush

6.

Boltaev Bobur  

2014

Toshkent shahar 

Bronza

7.

Isaeva Eʼzozaxon  

2014

Toshkent shahar    

Bronza

8.

Yusupalieva Dilnora 

2015

   Toshkent shahar  

Bronza

9.

Shoyunusov Sarvar 

2016  

Toshkent shahar 

Kumush

10.

Faxriev Jaxongir  

2016 

  Toshkent shahar   

Bronza

11.

Omonova Charos  

2016

Toshkent shahar   

Bronza

12.

Xakimov Аziz       

2017

Toshkent shahar    

Bronza

13.

Muxsimov Аsilbek

2017  

Toshkent shahar  

Bronza

14.

Аbduxakimov Javoxirbek   

2017

Toshkent shahar  

Bronza 

15.

Аlovutdinov Jaloliddin    

2018  

 Toshkent shahar   

Bronza

16.

Xakimboeva Dildora     

2018 

Toshkent shahar     

Bronzа

17

Karimov Islomjon          

2019

Toshkent shahar   

Kumush

18

Boltaeva Mohira          

2019

Toshkent shahar       

Kumush

19

Xaitov Diyor           

2019  

Toshkentshahar              

Bronza

20

Boirbekov Ulugʼbek   

2019       

Toshkent shahar         

Bronza

  Jami:  2 ta oltin, 4 ta kumush, 15 ta bronza

Kelgusida kimyo fani boʼyicha oʼtkaziladigan olimpiadalarda yurtimiz terma jamoasiga bundan ham yaxshi natijalarni qoʼlga kiritishlarida omad tilaymiz.

Quyida 2019 yilda Parij shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz: