
XASHAYEV RAIL MUSLIMOVICH
- 2021-yilda 51-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) kumush medali sovrindori
- 2020-yilda nufuzli Xalqaro fizika olimpiadasida(IdPhO) bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2019-yilda Xalqaro phystech olimpiadasida I-darajali diplomga sazovor bo’lgan.
- 2019-yilda asosiy fan olimpiadasida fizika fanidan Toshkent shahrida I-o’rinni egallagan.
- 2019-yilda Xalqaro fizika va matematika MIFI olimpiadasida I-darajali diplomga sazovor bo’lgan.
- XVII Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medali bilan taqdirlangan.
2003-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi 71-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

HASANJONOVA MADINABONU TOHIRJON QIZI
- 2021-yilda Xalqaro fizika olimpiadasida 4-darajali diplov sohibi.
- 2020-yilda Xalqaro fizika olimpiadasida terma jamoa a’zosi.
2004-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomli akademik litsey 2-bosqich oʼquvchisi.

MUHAMMEDOV UMIDJON OLIMJON O‘G‘LI
- 2021-yilda Xalqaro fizika olimpiadasida terma jamoa a’zosi.
- 2021-yilda Respublika fan olimpiadasida fizika fanidan birinchi o‘rin sohibi.
2003-yilda Navoiy viloyatida tug'ilgan. Navoiy shahri da joylashgan Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi.

ALIQULOV RUSLAN OTABEK O‘G‘LI
- 2021-yilda Xalqaro fizika olimpiadasida terma jamoa a’zosi.
- 2021-yilda Respublika fan olimpiadasi viloyat bosqichida 1-o‘rin sohibi.
2005-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. G‘uzor tumani 68-sonli ixtisoslashgan maktab internati 10-sinf oʼquvchisi.

SHAYXNAZAROVA MAXBUBA BEKZOD QIZI
- 2021-yilda Xalqaro fizika olimpiadasida terma jamoa a’zosi.
2004-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomli akademik litsey 2-bosqich oʼquvchisi.

TOLIBOV DIYORBEK BAHODIR O‘G‘LI
- 2021-yilgi 62-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) kumush medali sovrindori
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) oltin medali sovrindori
- 2021-yilgi Kavkaz olimpiadasi kumush medali sovrindori
- 2020-yilda o‘tkazilgan nufuzli 61-Xalqaro matematika olimpiadasida diplomni qo‘lga kiritgan.
- 2020-yilda o‘tkazilgan 16-Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2019-yilda matematika fanidan o‘tkazilgan qo‘shimcha respublika olimpiadasida fahrli I-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
- 2019-yilda matematika fanidan o‘tkazilgan qo‘shimcha respublika olimpiadasida fahrli I-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
- XVII Xalqaro Jautikov olimpiadasida oltin medali bilan taqdirlangan.
2003-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. G‘ijduvon tumani 5-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umum ta'lim maktabi bitiruvchisi.

OLIMOV OLIMJON ORIFJON O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi bronza medali sovrindori
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) bronza medali sovrindori
- 2021-yilgi Kavkaz olimpiadasi kumush medali sovrindori
2003-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Qorako‘l tumani Xalqaro matematika maktabi bitiruvchisi.

ISMOILOV DONIYOR LAZIZOVICH
- 2021-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa a'zosi
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) kumush medali sovrindori
2004-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Qorako‘l tumani Xalqaro matematika maktabi bitiruvchisi.

BO‘RIYEV ISKANDAR ISROIL O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa a'zosi
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) bronza medali sovrindori
- 2020-yilgi Xalqaro Kavkaz olimpiadasi bronza medali sovrindori
2004-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent shahar Olmazor tumani Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umum ta'lim maktabi bitiruvchisi.

NABIXONOV NABIXON YOQUBJON O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa a'zosi
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) bronza medali sovrindori
2004-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Guliston tumani 23-maktab 11-sinf o‘quvchisi.

KELDIYOROV FATXULLA XAYRULLA O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa a'zosi
2003-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Chilonzor tumani S.X.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi.

NORBEKOV HUMOYUN MUHIDDIN O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi oltin medali sovrindori
- 2021-yilda biologiya fanidan respublika fan olimpiadasi respublika bosqichi 1-o‘rin sohibi.
2004-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi ikkinchi bosqich o‘quvchisi

ABDUVALIYEVA AZIZA FARXOD QIZI
- 2021-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi oltin medali sovrindori
2005-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Yunusobod tumani Toshkent pediatriya va tibbiyot instituti akademik litseyi birinchi bosqich o‘quvchisi

TURDIBOYEV YORQINBEK ZAFAR O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi kumush medali sovrindori
2003-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 11-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

DAMINOVA MARJONA ISKANDAR QIZI
- 2021-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi terma jamoa a'zosi.
2003-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 11-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi.

AMANOV SOBIRJON ZOIR O‘G‘LI
- 2021-yilda nufuzli 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medali bilan taqdirlangan.
- 2021-yilda 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush medali bilan taqdirlangan.
2004-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent shahar Yunusobod tumani Toshkent pediatriya va tibbiyot instituti akademik litseyi ikkinchi bosqich o‘quvchisi

SOBIROV FIRDAVS FURQAT O‘G‘LI
- 2021-yilda nufuzli 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2021-yilda kimyo fanidan respublika fan olimpiadasi respublika bosqichi 1-o‘rin sohibi.
- 2021-yilgi "Tahsin" 2021 yoshlar mukofoti sovrindori.
- 2021-yilda 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida oltin medali bilan taqdirlangan.
- 2020-yilda nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2020-yilda 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2019-yilda kimyo fanidan o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi qo‘shimcha respublika olimpiadasida II-o‘rinni egallagan.
2004-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi 35-umumiy o‘rta taʼlim maktabi bitiruvchisi.

MUXTORXO‘JAYEVA DURDONA MUTALIBJON QIZI
- 2021-yilda nufuzli 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2021-yilda 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush medali bilan taqdirlangan.
2004-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi ibn-Sino maktab-internati 2-bosqich o‘quvchisi

BOYMAHAMMADOV IKROMIDDIN AXMADJON O‘G‘LI
- 2021-yilda nufuzli 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
- 2021-yilda 55-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
2004-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi ibn-Sino maktab-internati 1-bosqich o‘quvchisi

XO‘JAQULOV DILSHODBEK ZAFAR O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) bronza medali sovrindori
- 2020-yilda o‘tkazilgan nufuzli 32-Xalqaro informatika olimpiadasi terma jamoa a’zosi.
- 2020-yilda “IT-Park Cup” dasturlash chempionatida I-o‘rinni egallagan.
- XVII Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
2005-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent shahar XTV tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf o‘quvchisi.

O‘RINOV AZIMJON MEHMONALI O‘G‘LI
- 2021-yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO) bronza medali sovrindori
- 2020-yilda oʼtkazilgan 32-Xalqaro informatika olimpiadasi terma jamoa a’zosi.
- 2020-yilda “IT-Park Cup” dasturlash chempionatida II-o‘rinni egallagan.
- XVII Xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza medali bilan taqdirlangan.
2004-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan viloyati, Namangan Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

YANGABAYEV MAGSUT DAVLETMURAT O‘G‘LI
- 2021-yilda oʼtkazilgan 33-Xalqaro informatika olimpiadasi terma jamoa a’zosi.
- 2021-yilda Respublika fan olimpiadasida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika bosqichida birinchi o‘rin sohibi.
2003-yilda Qoraqalpog‘iston respublikasi, To'rtko‘l tumanida tug‘ilgan. To'rtko‘l tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

ISMOILOV ASLIDDIN FOZILJON O‘G‘LI
- 2021-yilda oʼtkazilgan 33-Xalqaro informatika olimpiadasi terma jamoa a’zosi.
2005-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan viloyati, Namangan Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.