
Joriy yilning 17-aprel kuni 5-sinf, 18-aprel kuni 6-7-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu onlayn olimpiada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun o‘tkazilmoqda.
Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala, kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berildi.
Joriy yilning 11-aprel kuni Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichiga start beriladi. Ushbu saralash olimpiadasining 2-bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224